AQShning Kiyevdagi elchixonasi “ehtimoliy havo hujumi” haqida ma’lumot olgach, ishini vaqtincha to‘xtatdi. Kiyevdagi Ispaniya, Italiya va Gretsiya elchixonalari ham “havo hujumlari xavfi yuqoriligi” sababli yopildi. Aytilishicha, bu Rossiyaning dron va raketa zarbalari tahdidi bilan bog‘liq.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi “Hududgazta’minot” hamda Climate Compass shu’ba korxonasi GasGreen Asia’ning qo‘shma loyihasi natijalarini e’tirof etdi. 2023-yil mart oyidan buyon 50 mingdan ortiq metan sizib chiqishi bartaraf etildi, shu sabab chiqindi hajmi qisqardi va millionlab dollar iqtisod qilindi.
O‘zbekistonga AQShdan birinchi marta soya shroti tijoriy maqsadda import qilindi: 150 tonna soya shrotining ilk partiyasi mamlakatga yetib keldi. Mahsulot go‘sht va sut mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun muhim ozuqa hisoblanadi. Mamlakatga soya shroti shu vaqtgacha Argentinadan kirib kelardi.
10-iyundan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi viza olish tizimini ishga tushiradi. Ariza beruvchilar endi suhbatga yozilishdan oldin viza to‘lovlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
Amerika havo sifati indeksi bir usulda, O‘zbekistonniki esa boshqa usulda hisoblanadi. IQAir saytiniki ham alohida. Bu haqda Sent-Luisdagi (AQSh) Vashington universiteti professori Jey Tyorner so‘zlab berdi. U nafaqat milliy, balki hududiy standartlarni ham qabul qilish muhim ekanligini qayd etdi.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Qo‘shma Shtatlarga xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali safar qilishga chaqirdi. Elchixona Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish ishlari davom ettirilishini bildirgan.
Amerikaning “Nobel Systems” kompaniyasi va “O‘zsuvta’minot” hamkorligidagi “Digital Twin” raqamli loyihasi yakunlandi. Buning uchun AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi 430 ming dollar grant mablag‘i ajratgan. Raqamli suv boshqaruvi loyihasi ikki yil davomida Jizzax shahrining uchta mahallasida amalga oshirildi.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan o‘zini o‘zi himoya qilish mashg‘ulotlari (Self Defense Camp)ni yana 60 dan ortiq ishtirokchi tamomladi. “Hukumat bu loyihani maktab yo boshqa ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yishni ma’qul topsa, hamkorlikka tayyormiz”, — dedi AQSh elchisi.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi DV-2023 (Grin kard) dasturi orqali immigratsion vizalarni taqdim etish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egalladi. Bu mavsumda lotoreya yutug‘ining 5,5 mingdan ziyodrog‘i o‘zbekistonliklarga chiqqan, berilgan vizalar soni esa 3100 dan ko‘proqni tashkil etgan.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card dasturi ishtirokchilari uchun 10 ta maslahat e’lon qildi. Elchixona lotereyada ishtirok etish bepul ekanini eslatib, firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
AQSh elchixonasi O‘zbekistondagi muddatidan ilgari prezidentlik saylovi yakunlari bo‘yicha bergan bayonotida Qo‘shma Shtatlar Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturini amalga oshirish va mamlakatda boshqaruv tizimini takomillashtirishda yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.
Xivadagi XIX asrga oid Toshhovli saroyini konservatsiya qilish loyihasi yakunlandi. Ob-havo va noto‘g‘ri olib borilgan restavratsiya ishlari tufayli uning bezakli koshinlari va g‘ishtlari parchalangandi. Loyiha uchun mablag‘ AQSh tomonidan ajratildi.
“Mehribonlik korpusi” va MakGovern-Doul dasturi tomonidan Surxondaryo va Qoraqalpog‘istondagi 58 davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kitob burchaklari ochildi. Ushbu muassasalarga to‘rt tilda salkam 5800 ta kitob hadya qilingan.
AQSh 2022 yilda turistik va ishbilarmonlik vizasi uchun o‘zbekistonliklar topshirgan arizalarning 47 foizini rad etdi, bu 2021 yilga nisbatan yomonroq, biroq avvalgi yillarga qaraganda yaxshiroq ko‘rsatkich sanaladi.
AQSh O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga 225 dona FLIR infraqizil monokulyar taqdim etdi
AQShning Toshkentdagi elchixonasi Meksika orqali mamlakat hududiga kirishga urinayotgan o‘zbekistonliklarni o‘z hayotlarini jinoyatchilik, odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanish xavfi ostiga qo‘yishlaridan ogohlantirdi.
AQSh elchixonasida joylashgan havo tozaligi nazorat stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent havosining ifloslanish indeksi 3 dekabr soat 18:00 holatiga ko‘ra rekord — 190 darajani tashkil qilmoqda.
AQSh Seysmoprognostik monitoring respublika markaziga Jizzax viloyatida ikkita vaqtinchalik seysmik stansiyalar qurish uchun 14 ming dollarlik uskunalarni topshirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting